{"id":17717,"date":"2022-11-11T07:20:47","date_gmt":"2022-11-11T07:20:47","guid":{"rendered":"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/?p=17717"},"modified":"2022-11-11T09:48:42","modified_gmt":"2022-11-11T09:48:42","slug":"ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-turkiy-davlatlar-tashkiloti-davlat-rahbarlari-kengashi-yigilishidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-turkiy-davlatlar-tashkiloti-davlat-rahbarlari-kengashi-yigilishidagi-nutqi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig\u2018ilishidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<h5><em><strong><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17718\" src=\"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/Uzbekistan-OTS.jpg\" alt=\"\" width=\"500\" height=\"368\" srcset=\"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/Uzbekistan-OTS.jpg 500w, https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/Uzbekistan-OTS-300x221.jpg 300w, https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/Uzbekistan-OTS-80x60.jpg 80w\" sizes=\"(max-width: 500px) 100vw, 500px\" \/>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig\u2018ilishidagi nutqi<\/strong><\/em><\/h5>\n<h5>(2022-yil 11-noyabr, Samarqand shahri)<\/h5>\n<h5><strong>Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari!<\/strong><\/h5>\n<h5><strong>Qadrli do\u2018stlar!<\/strong><\/h5>\n<h5>Sizlarni Buyuk Ipak yo\u2018lining chorrahasida joylashgan, jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo\u2018lgan azim Samarqand shahrida ko\u2018rib turganimdan g\u2018oyat mamnunman.<\/h5>\n<h5>Yangi nom olgan Turkiy davlatlar tashkilotining Sammitida ishtirok etayotganingiz uchun barchangizga alohida tashakkurimni izhor etaman.<\/h5>\n<h5>O\u2018zbekiston zaminiga xush kelibsiz, aziz do\u2018stlar!<\/h5>\n<h5><strong>Hurmatli yig\u2018ilish ishtirokchilari!<\/strong><\/h5>\n<h5>Avvalambor, jahon xalqlari uchun do\u2018stlik va tinchlik timsoli, ilm-fan va ma\u2019rifat o\u2018chog\u2018i bo\u2018lgan Samarqand shahrini \u201cTurkiy sivilizatsiya poytaxti\u201d deb e\u2019lon qilish tashabbusini qo\u2018llab-quvvatlaganingiz uchun Sizlarga samimiy minnatdorchilik bildiraman.<\/h5>\n<h5>Ma\u2019lumki, qadim turkiy zamin ming yillar davomida Sharq va G\u2018arbni tutashtirib, jahon sivilizatsiyalarini bir-biriga yaqinlashtirib, dunyo madaniyatlarini boyitib kelgan.<\/h5>\n<h5>Biz Turkiy dunyo buyuk tarixining yorqin sahifalari ulug\u2018 ajdodlarimiz tomonidan birgalikda yaratilgani bilan haqli ravishda faxrlanamiz.<\/h5>\n<h5>Ana shunday bebaho merosni saqlab qolish, uni chuqur o\u2018rganib, kelgusi avlodlarimizga bezavol yetkazish barchamiz uchun eng asosiy vazifadir.<\/h5>\n<h5>Bugungi sammitimizning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, ko\u2018p ming yillik tariximiz davomida turkiy oilamiz mana shunday to\u2018liq shaklda, yangilangan tashkilotimiz doirasida yig\u2018ilib turibdi.<\/h5>\n<h5>Hech shubhasiz, \u201cTurkiy sivilizatsiyaning yangi davri: umumiy taraqqiyot va farovonlik sari\u201d shiori ostida barchamiz birgalikda mutlaqo yangi yuksalish bosqichiga qadam qo\u2018ymoqdamiz.<img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17723\" src=\"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/FhRb6RoWYAAAp2I-scaled-e1668160114766.jpg\" alt=\"\" width=\"600\" height=\"354\" srcset=\"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/FhRb6RoWYAAAp2I-scaled-e1668160114766.jpg 600w, https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-content\/uploads\/2022\/11\/FhRb6RoWYAAAp2I-scaled-e1668160114766-300x177.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 600px) 100vw, 600px\" \/><\/h5>\n<h5><strong>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/h5>\n<h5>Bugungi kunda barchamiz keskin geosiyosiy ziddiyatlar, global iqtisodiy inqiroz va iqlim o\u2018zgarishining salbiy oqibatlari bilan bog\u2018liq murakkab sinovlarni boshimizdan kechirmoqdamiz.<\/h5>\n<h5>Shu sababli hozirgi tahlikali vaziyatda eng dolzarb muammolar yechimi bo\u2018yicha davlatlarimiz umumiy yondashuvlarni belgilab olishi, sa\u2019y-harakatlarni uyg\u2018unlashtirishi nihoyatda muhimdir.<\/h5>\n<h5>Biz har qanday qiyinchiliklarni do\u2018stlik, hamkorlik va bir-birimizni qo\u2018llab-quvvatlash orqali yengib o\u2018tishga qodirmiz.<\/h5>\n<h5>So\u2018nggi bir yil davomida Tashkilotimizga Turkiyaning raisligi chog\u2018ida turli yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha ancha ishlar amalga oshirilgani, o\u2018zaro hamkorligimiz yanada faollashganini alohida e\u2019tirof etmoqchiman.<\/h5>\n<h5>O\u2018zbekiston ham o\u2018z raisligi davrida \u201cTurkiy dunyo nigohi \u2013 2040\u201d konsepsiyasi hamda bugun qabul qilinayotgan \u201cTurkiy davlatlar tashkilotining besh yillik strategiyasi\u201dni samarali amalga oshirish, 170 milliondan ortiq aholi yashaydigan ulkan mintaqani o\u2018z ichiga olgan Tashkilotimiz nufuzini yanada mustahkamlash, va eng asosiysi \u2013 tarixi, tili va madaniyati mushtarak bo\u2018lgan qardosh xalqlarimiz va davlatlarimiz o\u2018rtasidagi hamkorlikni yuksak pog\u2018onaga olib chiqish niyatidamiz.<\/h5>\n<h5><strong>Hurmatli hamkasblar!<\/strong><\/h5>\n<h5>Biz sammitga tayyorgarlik ko\u2018rish jarayonida Tashkilotimiz faoliyatini chuqur tahlil qildik.<\/h5>\n<h5>Mamlakatlarimiz o\u2018rtasidagi ko\u2018p tomonlama munosabatlarni rivojlan-tirish uchun birgalikda salmoqli ishlar qilinganini e\u2019tirof etish lozim.<\/h5>\n<h5>Shu bilan birga, hali katta salohiyat va ulkan imkoniyatlarimiz to\u2018liq ishga solinmayotgani ham, ayni haqiqatdir.<\/h5>\n<h5>Avvalo, hamkorligimizning savdo-iqtisodiy poydevorini mustahkamlashimiz maqsadga muvofiq.<\/h5>\n<h5>Mamlakatlarimizning o\u2018zaro tovar aylanmasi umumiy tashqi savdo-mizning atigi 4 foizini tashkil etadi.<\/h5>\n<h5>Uning qolgani esa uchinchi davlatlar ulushiga to\u2018g\u2018ri kelmoqda. Albatta, bunday holat hech birimizni qoniqtirmaydi.<\/h5>\n<h5>Bundan tashqari, davlatlarimiz orasida ayrim import bojxona tariflari yuqori bo\u2018lib qolmoqda.<\/h5>\n<h5>Bu strategik yo\u2018nalishda vaziyatni tubdan o\u2018zgartirish, savdo, investitsiya va xizmatlarning erkin harakatini ta\u2019minlash uchun, Tashkilotimiz doirasida \u201cyangi iqtisodiy imkoniyatlar hududini\u201dni barpo etish tashabbusini ilgari suramiz.<\/h5>\n<h5>Ana shu rejamizga erishish uchun, Tashkilotga a\u2019zo va kuzatuvchi mamlakatlar hamda dunyo yetakchi biznes vakillarini keng jalb qilgan holda, har yili Xalqaro turkiy iqtisodiy forumni o\u2018tkazishni taklif etaman.<\/h5>\n<h5>Forum doirasida \u201cdavlat va biznes\u201d formatida qo\u2018shma tadbirlar, tadbirkorlar uchrashuvlari va \u201cdavra suhbat\u201dlari, innovatsion loyihalar taqdimotlari va ko\u2018rgazmalarni o\u2018tkazish katta amaliy natija beradi.<\/h5>\n<h5>Ushbu tadbirlar yakunlari bo\u2018yicha qo\u2018shma dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirishga qara-tilgan yillik \u201cYo\u2018l xaritalari\u201dni qabul qilishimiz muhim bo\u2018ladi.<\/h5>\n<h5>Bu ishlarimiz, eng avvalo, o\u2018zaro savdoni keskin oshirish va uchinchi mamlakatlar bozorlariga birgalikda chiqish,<\/h5>\n<h5>qo\u2018shilgan qiymat uzluksiz zanjirlarini yaratish, yuqori texnologik klasterlar va venchur shirkatlarni tashkil etishga qaratiladi.<\/h5>\n<h5>Shu o\u2018rinda, biz Qo\u2018shma investitsiya fondini\u00a0ishga tushirish taklifini ham to\u2018liq qo\u2018llab-quvvatlaymiz.<\/h5>\n<h5>Kun tartibidagi yana bir strategik ahamiyatga ega bo\u2018lgan dolzarb masala \u2013 bu transport sohasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlikni kuchaytirish.<\/h5>\n<h5>Jumladan, biz transkaspiy xalqaro koridori haqida ko\u2018p gapirayapmiz, ammo sezilarli natijalarga erishish uchun ancha ishlar qilishimiz kerak.<\/h5>\n<h5>Misol uchun: O\u2018zbekiston ushbu transport yo\u2018lagi orqali 10 foiz tashqi savdo yuklarini tashimoqda.<\/h5>\n<h5>Biz transport va tranzit salohiyatimizni to\u2018la ishga solish uchun\u00a0nimalar qilishimiz kerak, Qanday qo\u2018shimcha choralar ko\u2018rish kerak, ularni qaysi muddatda va kimlar amalga oshiradi, degan savollarga javob topishimiz lozim.<\/h5>\n<h5>Bu borada bugun qabul qilinayotgan Dastur asosida transport vazirlarimiz tomonidan yil oxiriga qadar qo\u2018shma hamkorlikning aniq reja va samarali mexanizmlarini ishlab chiqishni taklif etamiz.<\/h5>\n<h5>Asosiy e\u2019tiborni\u00a0mintaqamizdagi tranzit koridor-larining raqobatbardoshligini oshirish, biznes uchun eng maqbul tariflarni joriy etish va zamonaviy transport infratuzilmasini yaratishga qaratmog\u2018imiz kerak.<\/h5>\n<h5>Shu o\u2018rinda, Turkiya va O\u2018zbekiston o\u2018rtasida yaqinda joriy etilgan avto-transport elektron ruxsatnomalari almashish tizimiga Tashkilotimiz davlatlarini ham qo\u2018shilishga chaqiramiz.<\/h5>\n<h5>Bu yil Toshkentda o\u2018tkazilgan Birinchi Turkiy agroforum oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlash sohasida nihoyatda katta salohiyatimiz borligini yaqqol ko\u2018rsatdi.<\/h5>\n<h5>Tashkilotimizning nafaqat o\u2018z mamlakatlarimizni, balki tashqi bozorlarni ham qishloq xo\u2018jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta\u2019minlash imkoniyati bor.<\/h5>\n<h5>Shu bilan birga, bu yo\u2018nalishda amaliy qadamlarimizni yanada kuchaytirishimiz va aniq loyihalar asosida hamkorligimizni chuqurlash-tirishimiz lozim.<\/h5>\n<h5>Xususan, quyidagilarni taklif etaman.<\/h5>\n<h5>Birinchidan, global va ichki bozorlarimiz ehtiyojlari, davlat-larimizning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan kelib chiqib, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish samarali tizimini yaratish bo\u2018yicha Tashkilotimiz doirasida ko\u2018p tomonlama bitim qabul qilish vaqti keldi.<\/h5>\n<h5>Ikkinchidan, sohaga innovatsiyalar, zamonaviy bilim va ilg\u2018or texnologiyalarni jadal olib kirish maqsadida Turkiy davlatlar tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo\u2018jaligi tashkiloti o\u2018rtasida keng qamrovli sheriklikni o\u2018rnatish muhim.<\/h5>\n<h5>Uchinchidan, ijobiy tajriba asosida, Turkiy agroforumni muntazam o\u2018tkazib borish va uning ikkinchi anjumanida \u201cSmart\u201d qishloq xo\u2018jaligi xalqaro ko\u2018rgazmasini tashkil etish.<\/h5>\n<h5><strong>Hurmatli sammit ishtirokchilari!<\/strong><\/h5>\n<h5>O\u2018zbekiston taklifi bilan 2022 yil Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida \u201cYoshlar tashabbus-larini qo\u2018llab-quvvatlash yili\u201d, deb e\u2019lon qilingan edi.<\/h5>\n<h5>Uning doirasida Buxoro shahri \u2013 Turkiy dunyo yoshlar poytaxti maqomiga ega bo\u2018ldi.<\/h5>\n<h5>Yosh avlodni har tomonlama rag\u2018batlantirish, ularning iste\u2019dod va qobiliyatlarini ro\u2018yobga chiqarish maqsadida boshlagan xayrli ishlarimizni izchil davom ettirish niyatidamiz.<\/h5>\n<h5>Kelgusi yili yurtimizda Turkiy dunyo yoshlarining ilm va innovatsiyalar xalqaro kongressini o\u2018tkazishni taklif etaman.<\/h5>\n<h5>Uning doirasida innovatsiya va ta\u2019lim vazirlari, oliygohlar rektorlari va yosh yetakchilar, iqtidorli o\u2018g\u2018il-qizlarimiz, Tashkilo-timiz oqsoqollarining keng qamrovli uchrashuvlarini\u00a0tashkil etishni ko\u2018zda tutmoqdamiz.<\/h5>\n<h5>Bu ishlarimizga tizimli tus berish va natijadorlikni ta\u2019minlash maqsadida Tashkilot Bosh kotibining Yoshlar masalalari bo\u2018yicha o\u2018rinbosari lavoziminini joriy etish ayni muddao bo\u2018lar edi.<\/h5>\n<h5>Yana bir ustuvor yo\u2018nalish \u2013 mintaqamizda xavfsizlikni ishonchli ta\u2019minlashdir.<\/h5>\n<h5>So\u2018nggi paytlarda jahonning turli nuqtalaridagi ziddiyatli voqealar turkiy dunyoning umumiy xavfsizligiga ham ta\u2019sir o\u2018tkazayapti.<\/h5>\n<h5>Bunday murakkab vaziyatda terrorizm, ekstremizm, yoshlarning radikallashuvi, odam savdosi, narkotrafikka qarshi kurashish, jamoat va kiber-xavfsizlikni ta\u2019minlash sohalarida<\/h5>\n<h5>Huquqni muhofaza qiluvchi va maxsus xizmatlarimiz doimiy aloqada bo\u2018lishi hamda hamkorlikni kuchaytirishi lozim.<\/h5>\n<h5>Shu bilan birga, Tashkilotimiz davlatlari Xavfsizlik kengashi kotiblarining navbatdagi yig\u2018ilishini O\u2018zbekistonda tashkil etishga tayyorligimizni bildiramiz.<\/h5>\n<h5>E\u2019tiboringizni yana bir dolzarb masalaga qaratmoqchiman.<\/h5>\n<h5>Bugungi kunda yon qo\u2018shnimiz Afg\u2018onistondagi murakkab vaziyat barchamizni albatta jiddiy tashvishga soladi.<\/h5>\n<h5>Bu mamlakatdagi mavjud ahvolni ijobiy tomonga o\u2018zgartirish masalasi hech qachon nazarimizdan chetda qolmasligi kerak.<\/h5>\n<h5>Afg\u2018on masalasi bo\u2018yicha umumiy yondashuvni ishlab chiqish maqsadida tashqi ishlar vazirlarimiz muloqotlarini muntazam o\u2018tkazib borish tarafdorimiz.<\/h5>\n<h5><strong>Qadrli do\u2018stlar!<\/strong><\/h5>\n<h5>Men bugun O\u2018zbekistonning Turkiy madaniyat xalqaro tashkilotiga to\u2018laqonli a\u2019zo bo\u2018lganini e\u2019lon qilishdan mamnunman.<\/h5>\n<h5>O\u2018zining 30 yilligini nishonlayotgan tashkilot doirasida kelgusi yili Turkiy xalqlar madaniyati festivalini o\u2018tkazish taklifini to\u2018liq ma\u2019qullaymiz.<\/h5>\n<h5>Biz yaqinda Tashkilotimizga a\u2019zo va kuzatuvchi mamlakatlar adabiyotining sara namunalaridan iborat 100 jildli \u201cTurkiy adabiyot durdonalari\u201d to\u2018plamini o\u2018zbek tilida nashr qildik.<\/h5>\n<h5>Ushbu bebaho ma\u2019naviy xazinani barcha a\u2019zo va kuzatuvchi davlatlar tillarida ham chop etsak, qardosh ellarimizni, avvalambor, yosh avlod-larimizni o\u2018zaro yaqinlashtirish uchun mustahkam zamin yaratgan bo\u2018lar edik.<\/h5>\n<h5>Yig\u2018ilishimiz doirasida turkiy dunyo birligini mustahkamlashga beqiyos hissa qo\u2018shgan buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot birinchi marta tantanali ravishda topshirilishi barchamizni cheksiz quvontiradi.<\/h5>\n<h5>Mazkur mukofotni har yili berib borish to\u2018g\u2018risidagi taklifimizni qo\u2018llab-quvvatlaysizlar, deb ishonamiz.<\/h5>\n<h5><strong>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/h5>\n<h5>Turkiy davlatlar tashkiloti faoliyatini yangi sifat bosqichiga ko\u2018tarish, uning nufuzini yanada oshirish, hamkorligimiz salohiyatini to\u2018liq ishlatish, qabul qilinayotgan qarorlarimiz va kelishuvlarimiz ijrosini ta\u2019minlash eng dolzarb vazifamizdir.<\/h5>\n<h5>Tashkilotimiz doirasida juda ko\u2018p tuzilmalar va turli mexanizmlar tashkil etilgan bo\u2018lib, ko\u2018plab vazirlar darajasida yig\u2018ilishlar, boshqa tadbirlar o\u2018tkazib kelinmoqda.<\/h5>\n<h5>Lekin, ochiq tan olishimiz kerak, bularni tizimli muvofiqlashtirish va natijadorligini ta\u2019minlash borasida hali ancha ish qilishimiz kerak.<\/h5>\n<h5>Tashkilotimiz kelgusida mutlaqo yangi, samarali tizim asosida ishlashi uchun umumiy sa\u2019y-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur, deb o\u2018ylayman.<\/h5>\n<h5>Shu maqsadda, Tashkilotda institutsional islohotlar o\u2018tkazishni taklif etamiz.<\/h5>\n<h5>Bunda,\u00a0eng avvalo, ustuvor yo\u2018nalish-larimiz bo\u2018lgan siyosat va xavfsizlik, savdo va investitsiya, transport, qishloq xo\u2018jaligi, energetika, axborot texnologiyalari, turizm, innovatsiya va ta\u2019lim, tibbiyot, yoshlar va boshqa sohalar bo\u2018yicha vazirlar darajasida alohida qo\u2018mitalar tuzishni taklif qilaman.<\/h5>\n<h5>Ularning faoliyatiga ekspert va olimlarni, jamoatchilik va xususiy sektor vakillarini faol jalb etilishi katta samara berishi shubhasiz.<\/h5>\n<h5>Bundan tashqari, Tashkilotimiz Kotibiyatining o\u2018rni va ta\u2019sirini keskin oshirishni davrning o\u2018zi taqozo etmoqda.<\/h5>\n<h5>U har bir yo\u2018nalish bo\u2018yicha ishni samarali tashkil qilishi, ko\u2018p tomonlama sermahsul hamkorligimiz-ning ta\u2019sirchan kuchiga aylanishi kerak.<\/h5>\n<h5>Bugun bu yerda bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, Kotibiyatning yangi tuzilmasini kelgusi sammitimizda tasdiqlaymiz, deb ishonaman.<\/h5>\n<h5>Yana bitta masala \u2013 bu davlat rahbarlari tomonidan qabul qilinayotgan barcha qaror va hujjatlarning qat\u2019iy nazorat tizimini kuchaytirish bilan bog\u2018liq.<\/h5>\n<h5>Bu jarayonga Tashkilotimiz oqsoqollar kengashini jalb etib, ularning boy tajriba va malakasidan unumli foydalanishimiz kerak, deb hisoblayman.<\/h5>\n<h5><strong>Hurmatli do\u2018stlar!<\/strong><\/h5>\n<h5>Turkiy dunyomizning havas qilsa arziydigan buyuk tarixi, ulug\u2018 ajdodlari va beqiyos boyliklari bor.<\/h5>\n<h5>Va men ishonaman, Turkiy dunyoni buyuk kelajak kutmoqda.<\/h5>\n<h5>Bu kelajakni, hech shubhasiz, mehnatkash, bag\u2018rikeng va olijanob xalqlarimiz bilan birgalikda yaratamiz.<\/h5>\n<h5>Ko\u2018hna Samarqand shahridagi sammitimiz esa, turkiy dunyo sivilizatsiyasining zamonaviy tarixida yangi yuksalish bosqichini boshlab beradi.<\/h5>\n<h5>bugun ana shunday ezgu g\u2018oyani o\u2018zida ifoda etgan Samarqand deklaratsiyasi ham qabul qilinadi.<\/h5>\n<h5>Shuningdek, tashkilotimiz doirasida 2023 yilni Turkiy sivilizatsiyaning yuksalish yili, deb e\u2019lon qilish taklifimizni qo\u2018llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur bildiraman.<\/h5>\n<h5><strong>Hurmatli sammit ishtirokchilari!<\/strong><\/h5>\n<h5>Fursatdan foydalanib, barcha hamkasblarimiz nomidan Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qosim-Jomart Kemelevich Toqayevga va do\u2018st Qozog\u2018iston xalqiga yaqinda bo\u2018ladigan muhim siyosiy tadbir \u2013 Prezident saylovi muvaffaqiyatli o\u2018tishini tilaymiz.<\/h5>\n<h5>Ishonamizki, donishmand qozoq eli o\u2018z mamlakatining tinchligi va taraqqiyoti, olib borilayotgan muhim islohotlarning bardavomligi uchun ovoz beradi.<\/h5>\n<h5>So\u2018zimning yakunida Tashkilotimiz Bosh kotibi sifatida o\u2018z faoliyatini yakunlayotgan Bag\u2018dod Amreyev janoblariga ham alohida minnat-dorchilik izhor etaman.<\/h5>\n<h5>Kelgusi ishlaringizda Sizga yutuq va omad yor bo\u2018lsin.<\/h5>\n<h5>Yangi Bosh kotib, tajribali diplomat Quvanichbek Omuraliyev janoblarini lavozimga kirishayotgani bilan ham chin dildan muborakbod etaman.<\/h5>\n<h5>Sizga mas\u2019uliyatli faoliyatingizda katta zafarlar tilayman.<\/h5>\n<h5>E\u2019tiboringiz uchun rahmat.<\/h5>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig\u2018ilishidagi nutqi (2022-yil 11-noyabr, Samarqand shahri) Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari! Qadrli do\u2018stlar! Sizlarni Buyuk Ipak yo\u2018lining chorrahasida joylashgan, jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo\u2018lgan azim Samarqand shahrida ko\u2018rib turganimdan g\u2018oyat mamnunman. Yangi nom olgan Turkiy davlatlar tashkilotining Sammitida ishtirok etayotganingiz uchun barchangizga alohida tashakkurimni [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":17718,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[90],"tags":[2948,2946,2950,2949,2947],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17717"}],"collection":[{"href":"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17717"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17717\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17724,"href":"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17717\/revisions\/17724"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-json\/wp\/v2\/media\/17718"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17717"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17717"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/pakistanintheworld.pk\/live\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17717"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}